Bugungi kunlarda quyoshdan himoyalovchi krem ishlatmaydigan biror ayol yoʻq deb oʻylayman. Tabiiyki, Quyosh kremlaridan foydalanishdan maqsad, quyoshning zararli nurlaridan himoyalanishdir.
Ushbu kremlar haqida subhatimizni boshlashdan oldin quyosh nurlari haqida bilib olaylik.
Qisqacha aytib oʻtadigan boʻlsak, quyoshning ultrabinafsha nurlari uch turdadir. Bular: UVA, UVB, UVC. Bu uch turdagi ultrabinafsha nurlardan faqat ikkitasi ya’ni UVA va UVB, bizni havotirga solishi kerak boʻlgani va terimizga zarar beradiganlaridir.
Utrabinafsha nurlar va ularning zararlari haqida quyidagi linkda batafsil oʻqishingiz mumkin:
Quyoshning zararlari – bilib qoʻygan yaxshi
UVA va UVB nurlarning orasidagi farq
UVA nurlari uzun toʻlqinli nurlar boʻlib terimizni ichki qatlamlarigacha kirib boradi va jiddiy ma’noda qarishini tezlashtiradi. Bundan tashqari teri saratoniga sabab boʻladi.
UVB esa toʻlqin uzunligi qisqa boʻlgan nurlardir va terimizning eng ust qatlamiga ta’sir koʻrsatadi. Odatda quyoshdan kuyishga sabab boʻladigan ham bu. Bu tur ultrabinafsha nuri teri DNK sini buzilishi va oqibatida teri saratoniga sabab boʻladi.
Bu nurlanishni ikkisi ham terimizga salbiy ta’sir qiladi va yoshimizga nisbatan qari koʻrinishimizga sabab boʻladi.
Yuz parvarishiga jiddiy e’tibor beradigan ayollar uchun yuzida ajin koʻrish, bu daxshat!
Demakki, biz bu ikki turdagi nurdan himoylanashimiz kerak ekan. Bu ikki xil nurlar uchun alohida alohida himoya faktori mavjud.
UVA dan himoyalovchi faktor: | UVB dan himoyalovchi faktor: |
-SPF (Sun Protection Factor). | -PA+ (Osiyo) -PPD (Yevropa) -Broad Spekctrum (AQSH) |
Quyosh kremlarinig ustida yozilgan Ushbu SPF va PA+ lar bu kremning quyoshdan qay darajada himoylashini koʻrsatadi. PA dagi pluslar soni qanchalik koʻp boʻlsa, shunchalik yuqori darajada himoya qilishini bildiradi ( maslan: PA++++).
Odatda, biz ishlatadigan quyosh kremlarida SPF va PA yozuvlariga koʻzimiz tushadi. Lekin ba’zi kremlarda SPF ni koʻramizu PA yozilmagan boʻladi. Bu ushbu kremning himoyalovchiligi past degani boʻlmaydi. Ba’zi Yevropa va AQSH markalariga tegishli kremlar UVB dan himoyalovchi faktorlarni boshqacha nom bilan ifodalashadi. PA esa Osiyo markalarida keng tarqalgan belgidir. Yuqoridagi jadvalda UVB himoya faktorlarini uch xil yozilishini koʻrdingiz.
Quyosh kremi turlari
Quyosh kremlari tarkibidagi moddalarning turiga koʻra uch xil boʻladi: kimyoviy, mineral va gibrid.
- Kimyoviy filtrli himoyalovchi kremlar quyoshning ultrabinafsha nurini yutib, uni issiqlikka aylantiradi.
- Mineral filtrli himoyalovhilar esa teri ustida bir tabaqa hosil qilib, bu nurlarning 5% ni huddi oynadek orqaga aks ettiradi (ya’ni qaytaradi). Qolganlarini huddi kimyoviy himoyalovchi kremlarda boʻlgani kabi nurni yutib issiqlikka aylantiradi.
- Gibrid kremlar tarkibida esa ham kimyoviy ham mineral filtrlar mavjud.
Sotib olayotgan mahsulotimizni qaysi turga oid ekanligini qanday aniqlaymiz? Buning uchun mahsulotni tarkibini oʻqishimiz kerak. Tarkibida qaysi moddalar borligiga qarab kremnig qaysi turdagi himoyalovchi ekanligini aniqlash mumkin. Quyida tarkiblardan misollar keltiraman:
Mineral filtrlar: | Kimyoviy filtrlar: |
Titanium Dioxide Zinc Oxide | Avobenzone Oxybenzone PABA Homosalate Octocrylene Octisalate Ensulizole Trolamine salicylate Ecamsule Tinasorb S Tinasorb M Mexoryl XL Neo helipan AP Uvinul 150 Octinoxate |
Bu mavzu sizni qiziqtirgan boʻlsa, quyidagi linkda ingiliz tilida bunga oʻxshash maqolani oʻqishingiz mumkin: