Boshi Yuz parvarishi Niacinamide

Niacinamide

by u0631926

Koreyalik qizlarnikidek tiniq va yorqin yuzingiz boʻlishini xohlaysizmi? Teringizdagi dogʻlardan shikoyatingiz bormi? Giperpigmentatsiya sizni hafa qilayaptimi? Quyidagi kichik maqolacham sizga foydali boʻlishidan umidvorman!

Niatsinamid, yuz parvarishida eng sevilgan va koʻp foydalaniladigan moddadir. Oqartiruvchi kremlar, serumlar, toniklar, quyosh kremlarini tarkibida uchratishingiz mumkin.
Tarkibida ushbu modda mavjud boʻlgan mahsulotlarni terisi tez-tez yogʻlanadiganlar, husnbuzarlar chiqib, uning oqibatida qolgan qizil dogʻlar bilan kurashadiganlar, poralari kengayib ketganlar seva seva ishlatishadi.

Keling, Niatsinamid nima va terimizga qanday foydalari bor? Bir tanishib chiqaylik.

Niatsinamid nima?

Niatsinamidning teriga foydalari

Mahsulot tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?

Nojo’ya ta’siri bormi?

Natijalar qachon ko’rinadi?

Niatsinamid nima?

Niatsinamid , aslida B3 vitaminining bir shaklidir.

Bu moddani mahsulot tarkibida “niacinamide”, “niacin”, “nicotinamide” koʻrinishida uchratishingiz mumkin.

Niatsinamidning teriga foydalari:

  1. Antioksidantdir
  2. Teri rangini tiniqlashtiradi
  3. Teridagi kichik ajinlarni kamaytiradi
  4. Husnbuzarli (acne) terini tinchlantiradi va qizariqlikni yengillashtiradi
  5. Giperpigmentatsiyani davolashda foyda beradi
  6. Teri himoya qatlamini kuchlantiradi
  7. Terini oʻzini tiklashiga yordam berish orqali yangi dogʻlar paydo bo’lishini oldini oladi
  8. Terini namlantiradi
  9. Taʼsirchanlikni kamaytiradi
  10. Teridagi poralarni (kichik teshikchalar) koʻrinishini kamaytiradi
  11. Teri immunitetini oshiradi
  12. Terinig ortiqcha yogʻ ishlab chiqarilishini tartibga soladi
  13. Quyosh taʼsiridan himoya qiladi

Mahsulot tanlashda nimalarga eʼtibor berish kerak?

Har qanday mahsulotni tanlashda albatta uning tarkibini o’qishni va foydalanish bo’yicha ko’rsatmalarga amal qilshingizni maslahat beraman.

Mahsulot tarkibidagi Niatsinamidning konsentratsiyasi mahsulotni turiga qarab farqlanishi mumkin. Odatda, koʻp mahsulotlarda 5% Niatsinamid ishlatilgan boʻladi. 5%li mahsulotlardan ham bemalol yuqorida sanab oʻtilgan foydalarni koʻrishimiz mumkin.
Shu vaqtgacha foydalanganlarim ichida eng yuqori konsentratsiyali mahsulot 10% li edi. Bu yuqori konsentratsiya hisoblanadi. Foydalanganda teringizni taʼsirchanligini oshirishi mumkin.

Nojoʻya taʼsiri bormi?

Aslida terining qaysi turda ekanligidan qatʼiy nazar barcha insonlar bemalol foydalanishi mumkin boʻlgan ajoyib modda bu. Umumiy olganda zararsiz boʻlsada, bitta mahsulot har insonga farqli taʼsir koʻrsatadi.

Har qanday aktif moddali mahsulotlardan foydalanishdan oldin albatta oldin yuzingizni bir chetida sinab koʻring, 24 soat ichida nojoʻya taʼsirlari boʻlmasa keyin butun yuzingizga foydalanishga oʻting.

Ba’zan foydalangan mahsulotingiz yuzingizda allergiyaga sabab boʻlishi mumkin. Yoki shunchaki sizni yuz teringizga toʻgʻri kelmasligi mumkin. Mahsulot sizga mos boʻlmaganda terida qichishish, qizarish, husnbuzarlar yoki taʼsirchanlikni oshib ketish kabi holatlar kuzatiladi.

Agar teringiz taʼsirchan va nozik turda boʻlsa past konsentratsiyali mahsulotdan foydalaning. Yuqori konsentratsiyali mahsulotlar teringizni qizarishi, achishish, taʼsirchanlikni oshishiga, teringiz zarar koʻrishiga sabab boʻlishi mumkin.

Natijalar qachon koʻrinadi?

Baʼzilarda birinchi foydalanishidayoq, baʼzilarda bir necha haftadan keyin va baʼzilar esa hech bir oʻzgarish kuzatmasligi mumkin. Bu, har kishining teri turi, terisidagi muammo , kishinig yoshi va qanday mahsulotdan foydalanganiga bogʻliq boʻlishi mumkin.
Umumiy olganda esa teri har 28 kunda bir oʻzini yangilaydi, bu yangilanish 25 yoshdan oshgan insonlarda yildan yilga sekinlashadi. Foydalangan mahsulotingizni teringizdagi natijalarini koʻrish uchun sabrli boʻlishingiz kerak. Teri bir necha bor eski hujayralaridan tozalanib yangilanib olishi kerak. Bu bir nechta “28 kun”ni o’tkazishingiz kerak degani 🙂

https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/30339718/

https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S0022395603000062

https://www.atherosclerosis-journal.com/article/S0021-9150(06)00412-6/fulltext

https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/30529662/

You may also like

Fikr bildiring